Clindoc
mapXarita
Russian
RU
Shaxsiy kabinet
home

Bosh sahifa

location

Shahar

Toshkent

profile

Shaxsiy kabinet

Uzbek

Sayt tili

UZ

call

Qo‘llab-quvvatlash xizmati

Koloproktolog

1 shifokorlar
Yo'nalish haqida

Koloproktolog to‘g‘ri va yo‘g‘on ichak bilan bog‘liq muammolarni ko‘radi. Odatda hojatdan keyin qon kelishi, og‘riq, qichishish, gemorroy, anal yoriq, oqma yoki uzoq davom etadigan qabziyat bo‘lsa murojaat qilishadi. Qabulda shifokor shikoyatlarni so‘raydi, ko‘rik qiladi va kerak bo‘lsa qo‘shimcha tekshiruv tavsiya qiladi. Agar operatsiya kerak bo‘lsa, qaysi usul mos kelishini tushuntiradi.

Tavsiya etilgan shifokorlar
Yo'nalish bo'yicha shifokorlar
FAQ
Qachon koloproktologga murojaat qilish kerak?

Hojatdan keyin qon kelsa, og‘riq, qichishish, gemorroy, anal yoriq bo‘lsa yoki qabziyat uzoq davom etsa, ko‘rikni cho‘zmagan ma’qul.

Koloproktologga ko‘proq qanday muammolar bilan murojaat qilishadi?

Ko‘pincha gemorroy, anal yoriq, oqma, paraproktit, qabziyat, og‘riq va hojatdan keyin qon kelishi bilan murojaat qilishadi.

Koloproktolog qabuli qanday o‘tadi?

Avval shifokor nima bezovta qilayotganini va shikoyatlar qachondan boshlanganini so‘raydi. Keyin ko‘rik qiladi. Kerak bo‘lsa, qo‘shimcha tekshiruvlar tavsiya qiladi.

Gemorroyda har doim operatsiya kerakmi?

Yo‘q. Hammasi kasallik darajasi va shikoyatlarga bog‘liq. Ba’zi holatlarda operatsiyasiz davolash yetarli bo‘ladi, ayrim holatlarda esa jarrohlik usuli ko‘rib chiqiladi.

Koloproktolog qabuliga tayyorlanish kerakmi?

Tayyorlanish tartibini klinikadan oldindan so‘rab olgan yaxshi. Agar eski xulosa, kolonoskopiya, tahlil yoki boshqa tekshiruvlar bo‘lsa, ularni ham olib kelish kerak.

1. Qachon koloproktologga murojaat qilish kerak?
Hojatdan keyin qon kelsa, og‘riq, qichishish, gemorroy, anal yoriq bo‘lsa yoki qabziyat uzoq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

2. Koloproktologga ko‘proq qanday muammolar bilan murojaat qilishadi?
Ko‘pincha gemorroy, anal yoriq, oqma, paraproktit, qabziyat, og‘riq va hojatdan keyin qon kelishi bilan murojaat qilishadi.

3. Koloproktolog qabuli qanday o‘tadi?
Avval shifokor nima bezovta qilayotganini va shikoyatlar qachondan boshlanganini so‘raydi. Keyin ko‘rik qiladi va kerak bo‘lsa qo‘shimcha tekshiruv tavsiya qiladi.

4. Gemorroyda har doim operatsiya kerakmi?
Yo‘q. Hammasi kasallik darajasi va shikoyatlarga bog‘liq. Ba’zi holatlarda operatsiyasiz davolash mumkin, ayrim holatlarda esa jarrohlik kerak bo‘ladi.

5. Koloproktolog qabuliga tayyorlanish kerakmi?
Oldindan klinikadan tayyorlanish kerakmi yoki yo‘qmi so‘rab olgan yaxshi. Agar eski xulosa, kolonoskopiya, tahlil yoki boshqa tekshiruvlar bo‘lsa, ularni ham olib kelish kerak.