Clindoc
mapXarita
Russian
RU
Kabinet
home

Bosh sahifa

Maqolalar

location

Shahar

Toshkent

profile

Shaxsiy kabinet

Uzbek

Sayt tili

UZ

Qo‘llab-quvvatlash xizmati

Inagamova Maxliyo Xojiakbarovna
8 yillik tajriba

Inagamova Maxliyo Xojiakbarovna — qabul qilish narxi va sharhlar

Koloproktolog

Proktolog

Umumiy jarroh

Oliy toifali shifokor

5.0

3 ta izoh

Запись по телефону +998 (99) 886-39-93

Inagamova Maxliyo Xojiakbarovna

Mutaxassisligi: Koloproktolog, umumiy jarroh

Malakasi: Oliy toifali shifokor

Klinika: Milliy Tibbiyot Markazi (Eski ToshMI)

Inagamova Maxliyo Xojiakbarovna, jarroh-koloproktolog. To'g'ri ichak, yo'g'on ichak va orqa chiqaruv yo'li kasalliklari bilan kelgan bemorlarni qabul qiladi. Jarrohlik davolash talab qilishi mumkin bo'lgan boshqa muammolar bo'yicha ham maslahat beradi.

Unga ko'pincha bavosil, orqa chiqaruv yo'li yorig'i, oqma yara va yallig'lanish bilan murojaat qilishadi. Bunday kasalliklarda odam hojatga chiqqanda og'riq sezadi, qon kelishi yoki achishish bo'lishi mumkin. Ba'zilar o'tirishga qiynaladi, ayrimlar esa noqulaylik tufayli shifokorga borishni uzoq vaqtga qoldiradi.

Ayniqsa, hojatdan keyin qon kelishini e'tiborsiz qoldirmaslik kerak. Bu bavosilda ham uchraydi, lekin ichakdagi poliplar, yallig'lanish va boshqa kasalliklarda ham qon ketishi mumkin. Aniq sababini bilish uchun tekshiruv zarur.

Maxliyo Xojiakbarovna proktologik kasalliklarni jarrohlik yo'li bilan davolash masalalari bo'yicha maslahat beradi. Masalan, surunkali anal yoriq, to'g'ri ichak oqmasi yoki dori bilan davolanganda ham bezovta qilayotgan bavosilda operatsiya masalasi ko'rib chiqilishi mumkin. Lekin har bir bemorga operatsiya kerak degani emas. Ba'zida dori bilan davolash, ich kelishini tartibga solish va ovqatlanishni o'zgartirish yetarli bo'ladi.

Qabulga oldingi tahlillar, kolonoskopiya, UTT xulosalari yoki operatsiya qilingan bo'lsa, shifoxonadan berilgan hujjatlarni olib kelgan yaxshi.

Ayniqsa, ayollar uchun ayol proktologga murojaat qilish qulayroq bo'lishi mumkin. Maxliyo Xojiakbarovna bilan nozik muammolarni ham bemalol muhokama qilish mumkin.

Toshkentda ayol koloproktolog, ayol proktolog. Ko‘pchilik bemorlar, ayniqsa ayollar va bolalar, o‘z shikoyatlarini ayol shifokor bilan muhokama qilishni qulayroq deb biladi. Maxliyo Xojiakbarovna, ayol koloproktolog va proktolog, unga Clindoc orqali onlayn yozilish mumkin.

Qanday kasalliklar va muammolar bilan murojaat qilish mumkin

Ichki bavosil

Tashqi bavosil

Gemorroidal tugun trombozi

Anal yoriq

Surunkali anal yoriq

To'g'ri ichak oqmasi

O'tkir paraproktit

Surunkali paraproktit

Anal teri burmalari

Anal poliplar

To'g'ri ichak poliplari

To'g'ri ichak tushishi

Hojatga chiqqanda og'riq

To'g'ri ichakdan qon kelishi

Orqa chiqaruv yo'lida qichishish va achishish

Orqa chiqaruv yo'li atrofidan yiring kelishi

Dumg'aza sohasidagi epitelial yo'l

Pilonidal kista

Proktologik shikoyatlar bilan kechadigan surunkali qabziyat

To'g'ri ichak kasalliklarini jarrohlik yo'li bilan davolash bo'yicha maslahat

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko'chasi, 103-uy, Milliy Tibbiyot Markazi (Eski ToshMI).

Clindoc'da o'qing: Toshkentda gemorroyni davolash: usullar, narxlar va ayol proktolog, Toshkentda kattalarda chov churrasi: operatsiya, narxlar va tiklanish.

Shifokor haqida ko‘proq
Ijtimoiy tarmoqlar :

Narxi:

250 000 so‘m

Milliy Tibbiyot Markazi (Eski Toshmi)
Milliy Tibbiyot Markazi (Eski Toshmi)
Oʻzbekiston, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko'chasi, 103-uy
clock

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band

Izohlar

information

Shifokor reytingi:

Average rating

5.0

Reytinglar soni:

Number of ratings

3

Yulduz

27.06.2026

starstarstarstarstar
A’lo

Aziz

16.03.2026

starstarstarstarstar
A’lo

Владимир

14.07.2026

starstarstarstarstar
A’lo