Popov Aleksandr Anatolyevich — qabul qilish narxi va sharhlar
Ginekolog
Ginekologik onkolog
Tibbiyot fanlari doktori (DSc)
0 ta izoh
Popov Aleksandr Anatolyevich
Mutaxassisligi: Onkoginekolog, ginekolog-jarroh
Klinika: Medion Family Hospital
Popov Aleksandr Anatolyevich — ginekolog-jarroh, professor, tibbiyot fanlari doktori. Bachadon, tuxumdon va kichik chanoq a'zolari kasalliklarini jarrohlik yo'li bilan davolashga ixtisoslashgan.
Professor qabuliga bachadon miomasi, tuxumdon kistasi, o'smalar va endometrioz bilan murojaat qilishadi. Ko'pincha ayollar tekshiruvdan o'tgan bo'ladi, lekin operatsiya kerakmi, bachadon yoki tuxumdonni saqlab qolish mumkinmi, qaysi davolash usuli to'g'ri keladi — shu savollarga javob olishni istashadi.
Mioma aniqlanganda uning faqat kattaligiga qaralmaydi. Tugun qayerda joylashgani, qon ketishiga yoki og'riqqa sabab bo'layotgani, homiladorlikka ta'siri ham muhim. Kichik miomalarni ba'zan kuzatish mumkin. Operatsiya kerak bo'lsa, bachadonni saqlab qolish imkoniyati alohida baholanadi.
Aleksandr Anatolyevich endometrioz operatsiyalari bilan ham shug'ullanadi. Ayniqsa, kasallik tuxumdonlardan tashqari ichak, siydik pufagi yoki siydik yo'llariga yaqin to'qimalarga tarqalgan bo'lsa, jarrohlik davolash murakkablashadi. Bunday holatda ayolning kelajakda farzand ko'rish rejalari ham hisobga olinadi.
Bachadon va qin devorlarining tushishi bilan ham professor maslahatiga kelish mumkin. Ayol pastki qorinda og'irlik, qinda nimadir chiqib turgandek his yoki siydik chiqarishda qiyinchilik sezishi mumkin. Kasallik darajasiga qarab tiklovchi operatsiya masalasi ko'rib chiqiladi.
Bachadon yoki tuxumdonda xavfli o'smaga shubha bo'lsa, oldingi tekshiruvlarni ko'rib chiqish va keyingi davolashni rejalashtirish muhim. Ayniqsa, biopsiya yoki gistologiya natijasi bo'lsa, uni albatta olib kelish kerak.
Professor laparoskopik jarrohlik usullaridan ham foydalanadi. Lekin har bir operatsiya kichik kesma orqali bajarilavermaydi. Usul kasallikning turiga, oldingi operatsiyalarga va bemorning umumiy holatiga qarab tanlanadi.
Qabulga UTT, MRT, biopsiya, gistologiya natijalari va oldingi operatsiyalar haqidagi hujjatlarni olib kelgan ma'qul.
Qanday kasalliklar bilan murojaat qilish mumkin
Bachadon miomasi
Ko'p sonli bachadon miomalari
Tuxumdon kistalari
Tuxumdonning yaxshi sifatli o'smalari
Tuxumdonning chegaraviy o'smalari
Tuxumdon saratoniga shubha
Endometriy saratoniga shubha
Bachadon bo'yni o'smalari
Endometriy giperplaziyasi
Endometriy poliplari
Endometrioz
Chuqur infiltrativ endometrioz
Adenomioz
Tuxumdonning endometrioid kistalari
Ginekologik kasalliklar bilan bog'liq surunkali chanoq og'rig'i
Bachadon tushishi
Qin devorlarining tushishi
Kichik chanoq a'zolarining tushishi
Zo'riqishda siydik tutolmaslik
Takroriy va tiklovchi ginekologik operatsiyalar
Manzil: Toshkent shahri, Istirohat ko'chasi, 258-uy, Medion Family Hospital.
Narxi:
400 000 so‘m

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band
Izohlar
Shifokor reytingi:
0.0
Reytinglar soni:
0