Clindoc
mapXarita
Russian
RU
Kabinet
home

Bosh sahifa

Maqolalar

location

Shahar

Toshkent

profile

Shaxsiy kabinet

Uzbek

Sayt tili

UZ

Qo‘llab-quvvatlash xizmati

Nurmatova Iroda Baxtiyorovna
25 yillik tajriba

Nurmatova Iroda Baxtiyorovna — qabul qilish narxi va sharhlar

Dermatokosmetologiya

Dermatolog

Dermatovenerolog

Oliy toifali shifokor

0.0

0 ta izoh

Запись по телефону +998 (99) 886-39-93

Nurmatova Iroda Baxtiyorovna

Mutaxassisligi: Dermatovenerolog, kosmetolog

Klinika: Medion 24/7 (Labzak)

Nurmatova Iroda Baxtiyorovna teri, soch va tirnoq kasalliklari bilan shug'ullanadi. Shuningdek, jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalar bo'yicha maslahat beradi. Toshkentdagi Medion 24/7 klinikasida bemorlarni qabul qiladi.

Unga husnbuzar, ekzema, psoriaz, teri va tirnoq zamburug'i bilan murojaat qilish mumkin. Ko'p bemorlar shifokorga kelishdan oldin turli malhamlarni ishlatib ko'radi. Toshma vaqtincha yo'qoladi, keyin yana chiqadi. Ba'zan teri uzoq vaqt qichishadi, qizaradi yoki po'st tashlaydi. Bunday holatda kasallikning sababini aniqlash kerak.

Husnbuzarlarni davolashda Iroda Baxtiyorovna toshmalarning turi, yallig'lanish darajasi va avvalgi husnbuzarlardan qolgan izlarni hisobga oladi. Yengil husnbuzar bilan og'ir aknening davosi bir xil emas.

Psoriaz, dermatit va ekzema bilan og'rigan bemorlarda kasallikning qanchalik tez-tez qaytalanishi, terining qaysi joylari zararlangani va oldin qanday dorilar ishlatilgani muhim. Surunkali kasalliklarda maqsad belgilarni kamaytirish va xurujlar orasidagi davrni uzaytirishdir.

Soch to'kilishi, qazg'oq, bosh terisi qichishishi yoki tirnoq zamburug'i bilan ham maslahat olish mumkin. Ba'zi holatlarda sababini aniqlash uchun tahlillar kerak bo'ladi.

Dermatovenerolog sifatida shifokor jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarga shubha bo'lganda ham bemorlarni ko'radi. Oldin tahlil topshirgan bo'lsangiz, natijalarini olib kelishingiz mumkin.

Iroda Baxtiyorovna tibbiy kosmetologiya yo'nalishida ham ishlaydi. Yuzdagi pigment dog'lari, husnbuzardan qolgan izlar, teri rangining notekisligi va yoshga bog'liq o'zgarishlar bo'yicha maslahat beradi.

Toshkentda ayol dermatovenerolog, ayol dermatokosmetologiya. Ko‘pchilik bemorlar — ayniqsa ayollar va bolalar — o‘z shikoyatlarini ayol shifokor bilan muhokama qilishni qulayroq deb biladi. Iroda Baxtiyorovna — ayol dermatovenerolog va dermatokosmetologiya, unga Clindoc orqali onlayn yozilish mumkin.

Kasalliklar va muammolar

Husnbuzar (akne)

Husnbuzardan keyingi izlar

Atopik dermatit

Kontakt dermatit

Seboreyali dermatit

Ekzema

Psoriaz

Rozatsea

Eshakyemi

Teri zamburug'i

Tirnoq zamburug'i

Rang-barang temiratki

Follikulit

Bosh terisi seboreyasi

Soch to'kilishi

Pigment dog'lari

So'gallar

Papillomalar

Jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalar

Yoshga bog'liq teri o'zgarishlari

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak mavzesi, Zulfiyaxonim ko'chasi, 18-uy, Medion 24/7.

Shifokor haqida ko‘proq
Ijtimoiy tarmoqlar :

Narxi:

280 000 so‘m

Medion 24/7
Medion 24/7
Oʻzbekiston, Toshkent sh., O‘zbekiston, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak massivi, 18.
clock

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band

Izohlar

information

Shifokor reytingi:

Average rating

0.0

Reytinglar soni:

Number of ratings

0