Buynova Viktoriya Anatolyevna — qabul qilish narxi va sharhlar
Akusher Ginekolog
Ginekolog
UZD shifokori
Oliy toifali shifokor
0 ta izoh
Buynova Viktoriya Anatolyevna
Mutaxassisligi: Akusher-ginekolog, UTT shifokori, genetik
Klinika: Medion Family Hospital
Buynova Viktoriya Anatolyevna — akusher-ginekolog, UTT va prenatal diagnostika bo'yicha mutaxassis. Ginekologik kasalliklari bor, homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki homiladorlik davrida shifokor nazoratiga muhtoj ayollarni qabul qiladi.
Viktoriya Anatolyevna Dnepropetrovsk tibbiyot akademiyasini tamomlagan. Kiyev, Lvov va Odessa shaharlaridagi tibbiyot muassasalarida ishlagan. Bemorlarni qabul qilish bilan birga, akusherlik va ginekologiyada ultratovush diagnostikasi bo'yicha shifokorlarga ham dars beradi.
Uning qabuliga hayz tartibsiz kelishi, bachadon miomasi, endometrioz, tuxumdon kistalari yoki bachadon bo'ynidagi o'zgarishlar bilan murojaat qilish mumkin. Shifokor ginekologik UTT ham o'tkazadi. Shu sababli ko'rik vaqtida ayrim muammolarni ultratovush yordamida ham tekshirish mumkin.
Viktoriya Anatolyevnaning asosiy ish yo'nalishlaridan yana biri homiladorlikni kuzatishdir. Homilaning rivojlanishi, yo'ldoshning holati va homiladorlik davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni UTT orqali tekshiradi. Ayniqsa, homiladorligi murakkab kechayotgan yoki oldingi tekshiruvlarda biror o'zgarish aniqlangan ayollar bilan ishlaydi.
Homiladorlikni endi rejalashtirayotgan ayollar ham maslahat olishlari mumkin. Masalan, oldin homila tushgan bo'lsa, homilador bo'lish qiyin kechayotgan bo'lsa yoki tekshiruv natijalari bo'yicha savollar tug'ilsa, shifokor bilan keyingi qadamlarni muhokama qilish mumkin.
Toshkentda ayol akusher ginekolog, ayol UZD shifokori. Ko‘pchilik bemorlar — ayniqsa ayollar va bolalar — o‘z shikoyatlarini ayol shifokor bilan muhokama qilishni qulayroq deb biladi. Viktoriya Anatolyevna — ayol akusher ginekolog va UZD shifokori, unga Clindoc orqali onlayn yozilish mumkin.
Qanday kasalliklar va muammolar bilan murojaat qilish mumkin
Hayz siklining buzilishi
Og'riqli hayz ko'rish
Hayz paytida ko'p qon ketishi
Bachadon miomasi
Endometrioz
Adenomioz
Tuxumdon kistalari
Endometriy poliplari
Endometriy giperplaziyasi
Bachadon bo'yni o'zgarishlari
Klimaks davridagi muammolar
Homiladorlikni rejalashtirish
Homilador bo'lishdagi qiyinchiliklar
Takroriy homila tushishi
Homiladorlikni kuzatish
Yuqori xavfli homiladorlik
Homiladorlikning erta davrida UTT
Prenatal skrining
Homila va yo'ldosh holatini UTT orqali tekshirish
Prenatal tekshiruv natijalari bo'yicha maslahat
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Istirohat ko'chasi, 258-uy, Medion Family Hospital klinikasi.
Narxi:
500 000 so‘m

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band
Izohlar
Shifokor reytingi:
0.0
Reytinglar soni:
0