Endokrinolog
Oliy toifali shifokor
0 ta izoh
Usmanova Aziza Abduvaxabovna — endokrinolog, katta yoshdagi bemorlarni qabul qiladi. Taxminan 15 yillik ish tajribasiga ega. Endokrin tizim kasalliklari, gormonal buzilishlar va qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarni tashxislash va davolash bilan shug‘ullanadi. Toshkentdagi Lab Medical klinikasida qabul qiladi.
Endokrinologga qandli diabet, qondagi shakar miqdorining yuqori yoki past bo‘lishi, qalqonsimon bez kasalliklari, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, gormonal buzilishlar, moddalar almashinuvi bilan bog‘liq muammolar, ortiqcha yoki kam vazn sabab murojaat qilinadi.
Shifokor qalqonsimon bez kasalliklari, jumladan qalqonsimon bez gormonlari o‘zgarishi bilan bog‘liq holatlarni ko‘radi. Shuningdek, qalqonsimon bez oldi bezlari (paratireoid bezlar) va endokrin tizim faoliyatidagi boshqa buzilishlar bilan ishlaydi.
Endokrinolog qabuliga doimiy holsizlik, tez charchash, uyquchanlik, vaznning keskin o‘zgarishi, kuchli chanqash, tez-tez siyish, ko‘p terlash, yurak urishining tezlashishi, qo‘l titrashi, kayfiyat o‘zgarishi, hayz siklining buzilishi kabi belgilar bilan ham murojaat qilishadi.
Shuningdek, insulin rezistentligi, uglevod almashinuvi buzilishi, qandli diabet va vazn bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha tekshiruv va konsultatsiya o‘tkaziladi.
Qalqonsimon bez kasalliklarida gormonlar va boshqa laborator ko‘rsatkichlarni tekshirish, qalqonsimon bez UZI qilish kerak bo‘lishi mumkin. Qaysi tekshiruvlar kerakligi bemorning shikoyatlari va ko‘rik natijalariga qarab belgilanadi.
Mutaxassisligi: endokrinologiya, qalqonsimon bez kasalliklari, qalqonsimon bez oldi bezlari kasalliklari, qandli diabet, gormonal buzilishlar, moddalar almashinuvi buzilishlari.
Narxi:
200 000 сум
200 000 сум

Qabul sanasi va vaqti:
Izohlar
Shifokor reytingi:
0.0
Reytinglar soni:
0