Mustafina Elena Rafiqovna — qabul qilish narxi va sharhlar
Neonatolog
Pediatr
Tibbiyot fanlari doktori (DSc)
0 ta izoh
Mustafina Elena Rafiqovna
Mutaxassisligi: Pediatr, neonatolog
Malakasi: Uchinchi toifali shifokor
Klinika: Medion 24/7
Mustafina Elena Rafiqovna Toshkentdagi Medion 24/7 klinikasida bolalarni qabul qiladi. Pediatr sifatida bolalar kasalliklari, neonatolog sifatida esa yangi tug'ilgan chaqaloqlar salomatligi bilan shug'ullanadi.
Chaqaloq tug'ruqxonadan chiqqandan keyin ota-onalarda turli savollar paydo bo'ladi. Bola yaxshi uxlamaydi, emgandan keyin ko'p qayt qiladi, bezovta bo'ladi yoki vazni sekin oshadi. Bularning hammasi ham kasallik belgisi emas, lekin ba'zan bolani shifokorga ko'rsatish kerak bo'ladi. Elena Rafiqovna chaqaloqning ahvolini ko'rib, ovqatlanishi va rivojlanishi bilan bog'liq masalalarni baholaydi.
Kattaroq bolalarni isitma, yo'tal, tomoq og'rig'i, ich ketishi yoki teridagi toshmalar bilan olib kelishadi. Ba'zan bola shamollashdan tuzalgan bo'lsa ham, yo'tali bir necha hafta davom etadi. Yoki bir necha kun yaxshi yurganidan keyin harorati yana ko'tariladi. Bunday vaziyatda bolani qayta ko'rikdan o'tkazish kerak.
Elena Rafiqovnaga rejali ko'rik uchun ham murojaat qilish mumkin. Pediatr bolaning bo'yi, vazni va rivojlanishini tekshiradi. Ota-onalar emlash, ovqatlantirish va kundalik parvarish bo'yicha savollarini ham berishlari mumkin. Muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarda esa kuzatuv tartibi bolaning holatiga qarab belgilanadi.
Qanday kasalliklar va muammolar bilan murojaat qilish mumkin
O'RVI va shamollash
Gripp
Isitma ko'tarilishi
Uzoq davom etadigan yo'tal
Tumov va burun bitishi
Faringit
Tonzillit
Laringit
Bronxit
Pnevmoniyaga shubha
Bolalarda qorin og'rig'i
Qabziyat
Ich ketishi
Qusish va ko'p qayt qilish
Teridagi toshmalar
Ishtahaning pasayishi
Vaznning yetarli oshmasligi
Emizish va sun'iy ovqatlantirish masalalari
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarni ko'rikdan o'tkazish
Rejali ko'rik va bolaning rivojlanishini kuzatish
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak mavzesi, Zulfiyaxonim ko'chasi, 18-uy, Medion 24/7 klinikasi.
Narxi:
400 000 сум

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band
Izohlar
Shifokor reytingi:
0.0
Reytinglar soni:
0