Kambarov Ulug'bek Olimjonovich — qabul qilish narxi va sharhlar
Anesteziolog
Reanimatolog
Oliy toifali shifokor
0 ta izoh
Kambarov Ulug'bek Olimjonovich
Mutaxassisligi: Anesteziolog-reanimatolog
Kambarov Ulug'bek Olimjonovich Medion Family Hospital klinikasida anesteziolog-reanimatolog bo'lib ishlaydi. Uning ishi faqat operatsiya vaqtida narkoz berish bilan cheklanmaydi. Reanimatsiyada og'ir ahvolda yotgan bemorlarni davolash ham uning vazifalariga kiradi.
Operatsiyadan oldin Ulug'bek Olimjonovich bemorning tahlil va tekshiruv natijalarini ko'radi, narkoz haqida suhbatlashadi. Oldin operatsiya o'tkazgan bo'lsa, qanday o'tganini, narkozdan keyin muammo bo'lganmi, shularni so'raydi. Surunkali kasalliklar, allergiya va har kuni ichiladigan dorilar ham albatta hisobga olinadi.
Operatsiya davomida anesteziolog bemorning yonida bo'ladi. Kerakli dorilarni beradi, nafas olishi, qon bosimi va yurak urishini kuzatadi. Operatsiya tugagach, bemor narkozdan qanday chiqayotganini ham nazorat qiladi.
Ulug'bek Olimjonovich reanimatsiyada davolanayotgan bemorlar bilan ham ishlaydi. Murakkab operatsiyadan keyin yoki nafas olish va qon aylanishida jiddiy muammo bo'lsa, bemorga sun'iy nafas oldirish, dorilar bilan yordam berish va doimiy tibbiy kuzatuv kerak bo'lishi mumkin.
Asosiy faoliyat yo'nalishlari
Operatsiyadan oldingi maslahat
Narkozga tayyorlash
Anesteziya xavfini baholash
Umumiy narkoz
Regional anesteziya
Spinal anesteziya
Epidural anesteziya
Sedatsiya
Laparoskopik operatsiyalarda anesteziya
Qorin bo'shlig'i operatsiyalarida anesteziya
Jarrohlik amaliyotlarida og'riqsizlantirish
Operatsiya paytida bemorni kuzatish
Nafas olishni nazorat qilish
Yurak urishi va qon bosimini kuzatish
Traxeyani intubatsiya qilish
O'pkani sun'iy shamollatish
Narkozdan keyingi kuzatuv
Operatsiyadan keyingi og'riqsizlantirish
Intensiv terapiya
Reanimatsion yordam
Manzil: Toshkent shahri, Istirohat ko'chasi, 258-uy, Medion Family Hospital.
Narxi:
280 000 сум

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band
Izohlar
Shifokor reytingi:
0.0
Reytinglar soni:
0