home

Bosh sahifa

location

Shahar

Toshkent

profile

Shaxsiy kabinet

Uzbek

Sayt tili

UZ

call

Qo‘llab-quvvatlash xizmati

Kamalova Xurshida Anvar qizi
20 yillik tajriba

Kamalova Xurshida Anvar qizi — qabul qilish narxi va sharhlar

Endokrinolog

2 toifali shifokor

0.0

0 ta izoh

Запись по телефону +998 (99) 886-39-93

Kamalova Xurshida Anvar qizi

Mutaxassisligi: Endokrinolog

Kamalova Xurshida Anvar qizi Toshkentdagi Medion 24/7 klinikasida endokrinolog bo'lib ishlaydi. Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. 2022-yildan beri Medion tarmog'ida faoliyat yuritadi.

Xurshida Anvar qiziga qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari va ortiqcha vazn bilan bog'liq muammolar yuzasidan murojaat qilish mumkin. Uning qabuliga birinchi marta tekshiruvdan o'tmoqchi bo'lganlar ham, oldindan endokrinolog nazoratida yuradigan bemorlar ham kelishadi.

Qandli diabetda shakar miqdori kun davomida qanday o'zgarayotganiga e'tibor berish kerak. Masalan, ertalab och qoringa shakar yaxshi chiqadi, lekin ovqatdan keyin ancha ko'tariladi. Yoki bemor dorilarini vaqtida ichadi, ammo tahlillari yaxshilanmaydi. Bunday holatlarda davolashni shifokor bilan qayta ko'rib chiqish kerak bo'ladi.

Qalqonsimon bez kasalliklarida esa ba'zan odam hech narsadan shikoyat qilmaydi. Muammo UTT yoki gormon tahlillarida bilinadi. TTG yuqori chiqishi, qalqonsimon bezda tugun aniqlanishi, doimiy charchoq yoki vaznning sababsiz o'zgarishi endokrinologga ko'rinish uchun sabab bo'lishi mumkin.

Xurshida Anvar qizi semizlik va moddalar almashinuvi buzilishlari bilan ham shug'ullanadi. Ortiqcha vaznning sababi har doim ham gormonlarda bo'lmaydi. Shuning uchun tekshiruvlar bemorning shikoyati va umumiy ahvoliga qarab tanlanadi.

Qanday kasalliklar bilan murojaat qilish mumkin

1-tur qandli diabet

2-tur qandli diabet

Prediabet

Insulinrezistentlik

Semizlik

Metabolik sindrom

Gipotireoz

Gipertireoz

Tireotoksikoz

Autoimmun tireoidit

Tugunli bo'qoq

Ko'p tugunli bo'qoq

Diffuz toksik bo'qoq

Qalqonsimon bez kistalari

Qalqonsimon bez kattalashishi

TTG gormoni o'zgarishi

Buyrak usti bezlari kasalliklari

Uglevod almashinuvi buzilishi

Qonda shakar miqdorining oshishi

Moddalar almashinuvining buzilishi

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak mavzesi, 18-uy, Medion 24/7 klinikasi.

Shifokor haqida ko‘proq
Ijtimoiy tarmoqlar :

Narxi:

300 000 сум

Medion 24/7
Medion 24/7
Oʻzbekiston, Toshkent sh., O‘zbekiston, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak massivi, 18.
clock

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band

Izohlar

information

Shifokor reytingi:

Average rating

0.0

Reytinglar soni:

Number of ratings

0