Kamalov Sultonxo'ja Tavakkalxo'jayevich — qabul qilish narxi va sharhlar
Plastik jarroh
Rekonstruktivplastik Jarroh
Oliy toifali shifokor
0 ta izoh
Kamalov Sultonxo'ja Tavakkalxo'jayevich
Mutaxassisligi: Plastik jarroh
Klinika: Medion 24/7
Kamalov Sultonxo'ja Tavakkalxo'jayevich yuz va tana plastikasi bilan shug'ullanadi. Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan, keyin plastik jarrohlik bo'yicha o'qishni davom ettirgan. 2018-yildan beri Medion tarmog'ida ishlaydi.
Uning amaliyotida qovoq operatsiyalari, yuz terisini tortish, ko'krak va qorin shaklini o'zgartirish kabi jarrohlik amaliyotlari bor. Masalan, tug'ruqdan yoki ancha vazn tashlagandan keyin qorin terisi osilib qolishi mumkin. Odam ozgan bo'lsa ham, ortiqcha teri o'z-o'zidan yo'qolmasligi mumkin. Bunday holatda abdominoplastika qilish masalasi ko'rib chiqiladi.
Sultonxo'ja Tavakkalxo'jayevich blefaroplastika operatsiyasini ham bajaradi. Bu yuqori yoki pastki qovoqdagi ortiqcha terini olib tashlash amaliyoti. Ba'zilarda qovoq terisi yosh o'tishi bilan osiladi, boshqalarda esa bu holat yoshligidan bo'ladi.
Ko'krak plastikasi ham uning ish yo'nalishlaridan biri. Ko'krakni kattalashtirish, kichraytirish yoki ko'tarish bo'yicha operatsiyalar o'tkazadi. Ayniqsa, tug'ruq va emizishdan keyin ko'krak shakli o'zgargan ayollar shu masala bo'yicha murojaat qilishadi. Oldin qo'yilgan implantlarni almashtirish ham mumkin.
Operatsiyadan oldin shifokor bemorni ko'rikdan o'tkazadi, nimani o'zgartirmoqchi ekanini so'raydi. Keyin qaysi usul mos kelishini, qanday natija kutish mumkinligini va operatsiyadan keyin nimalarga e'tibor berish kerakligini tushuntiradi.
Qanday operatsiyalarni o'tkazadi
Yuqori qovoq blefaroplastikasi
Pastki qovoq blefaroplastikasi
Aylana blefaroplastika
Yuz terisini tortish
SMAS-lifting
Peshonani tortish
Chakka sohasini tortish
Qoshlarni ko'tarish
Yuqori lab plastikasi
Bish yog' bo'lakchalarini olib tashlash
Iyak osti liposaksiyasi
Abdominoplastika
Mini-abdominoplastika
Qorin liposaksiyasi
Tananing boshqa qismlarida liposaksiya
Lipofiling
Ko'krakni kattalashtirish
Ko'krakni kichraytirish
Ko'krakni ko'tarish
Ko'krak implantlarini almashtirish
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak mavzesi, 18-uy, Medion 24/7 klinikasi.
Narxi:
500 000 сум

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band
Izohlar
Shifokor reytingi:
0.0
Reytinglar soni:
0