Kardiolog
Tibbiyot fanlari nomzodi
0 ta izoh
Mutaxassisligi: Kardiolog
Malakasi: Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Klinika: Medion Innovation
Adilova Iqbol Gafuriddinovna Toshkentdagi Medion Innovation klinikasida kardiolog bo'lib ishlaydi. Avval Respublika kardiologiya markazi va akademik V. Vohidov nomidagi xirurgiya markazida faoliyat yuritgan. Shifokorlik bilan birga kardiologiya sohasida ilmiy ishlar ham olib borgan.
Iqbol Gafuriddinovnaga qon bosimi tez-tez ko'tarilsa, yurak urishi bezovta qilsa, ko'krakda og'riq yoki ozgina harakatda ham hansirash paydo bo'lsa, murojaat qilish mumkin. Yurak ishemik kasalligi, aritmiya va yurak yetishmovchiligi bilan davolanayotgan bemorlar ham uning qabuliga kelishadi.
Infarkt o'tkazgan yoki yurak tomirlariga stent qo'ydirgan bemorlar ham muntazam kardiolog nazoratida bo'lishlari kerak. Qabulda shifokor oldingi tekshiruvlarni ko'rib chiqadi, bemor qaysi dorilarni ichayotganini so'raydi va davolashni davom ettirish yoki o'zgartirish masalasini ko'rib chiqadi.
Agar oldingi EKG, yurak UTT natijalari, shifoxonadan berilgan xulosalar yoki ichayotgan dorilaringiz ro'yxati bo'lsa, qabulga olib keling. Bu hujjatlar kasallik qanday kechganini va hozir qanday o'zgarishlar borligini tushunishga yordam beradi.
Gipertoniya kasalligi
Yurak ishemik kasalligi
Stenokardiya
Koronar tomirlar aterosklerozi
Yurak ritmining buzilishi
Taxikardiya
Bradikardiya
Ekstrasistoliya
Bo'lmachalar fibrillyatsiyasi
Yurak yetishmovchiligi
Qon bosimining ko'tarilishi
Qon bosimining tez-tez o'zgarishi
Ko'krak qafasidagi og'riq
Yurakning tez urishi
Yurganda hansirash
Xolesterinning oshishi
Infarktdan keyingi holat
Stent qo'yilgandan keyingi kuzatuv
Yurak kasalliklarini davolashni nazorat qilish
EKG va ExoKG natijalari bo'yicha maslahat
Manzil: Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko'chasi, 39/1, Medion Innovation klinikasi.
Narxi:
400 000 сум

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band
Izohlar
Shifokor reytingi:
0.0
Reytinglar soni:
0