Klasterli (yulduzsimon) bosh og‘rig‘i – bu boshning bir tomonida (asosan ko‘z va chakka atrofida) to‘satdan paydo bo‘ladigan, nihoyatda shiddatli va chidab bo‘lmas xurujli og‘riqlar bilan tavsiflanuvchi birlamchi nevrologik kasallikdir. Og‘riqlar ma'lum bir davrlarda (klasterlarda) qaytalanib turadi.
Klasterli (yulduzsimon) bosh og‘rig‘i – bu boshning bir tomonida (asosan ko‘z va chakka atrofida) to‘satdan paydo bo‘ladigan, nihoyatda shiddatli va chidab bo‘lmas xurujli og‘riqlar bilan tavsiflanuvchi birlamchi nevrologik kasallikdir. Og‘riqlar ma'lum bir davrlarda (klasterlarda) qaytalanib turadi.
Yulduzsimon bosh og‘rig‘i qanday diagnostika qilinadi
Klinik anamnez: Tashxis nevrolog tomonidan bemorning shikoyatlari va og‘riq davriyligiga qarab qo‘yiladi (maxsus laboratoriya testi yo‘q). Differensial diagnostika: Bosh miya MRT (Magnit-rezonans tomografiya) yoki KT (Kompyuter tomografiyasi) qilinadi. Bu og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan boshqa xavfli sabablarni (shishlar, anevrizmalar, qon quyilishi) istisno qilish uchun shart.
Yulduzsimon bosh og‘rig‘ining simptomlari qanday
Bir tomonlama og‘riq: Faqat chap yoki o‘ng ko‘z, chakka va peshona sohasida bo‘ladi. Og‘riq xarakteri – sanchuvchi, kuyishsimon, parmalovchi. Vegetativ belgilar (og‘riq tomonida): Ko‘z qizarishi, yoshlanishi, ko‘z qovog‘ining osilib qolishi (ptoz), burun bitishi yoki oqishi, yuz terlashining kuchayishi. Psixomotor qo‘zg‘alish: Bemorlar bir joyda o‘tira olmaydi, xona bo‘ylab u yoqdan-bu yoqqa yuradi, boshini ushlab tebranadi (migrendan farqli o‘laroq, yorug‘likda yotish yordam bermaydi).
Yulduzsimon bosh og‘rig‘ining sabablari qanday
Gipotalamus faoliyatining buzilishi: Tananing biologik soatini boshqaruvchi qism (shuning uchun xurujlar ko‘pincha tunda, bir vaqtda boshlanadi). Trigeminal (uchlik) nervning faollashishi: Yuz va ko‘z atrofidagi tomirlarning kengayishi va og‘riq impulslari. Genetik moyillik: Oilada ushbu kasallikning borligi. Provokatorlar (Triggerlar): Spirtli ichimliklar, chekish, keskin hidlar, iqlim o‘zgarishi.
Yulduzsimon bosh og‘rig‘ining asoratlari qanday
Bu kasallik insult yoki miya zararlanishiga olib kelmaydi, biroq og‘ir ruhiy asoratlar beradi: Chuqur depressiya va doimiy xavotir hissi (navbatdagi og‘riqdan qo‘rqish). Suitsidal fikrlar (og‘riq kuchliligidan hayotdan bezish). Mehnat qobiliyatining va hayot sifatining keskin pasayishi, ijtimoiy izolyatsiya.
Yulduzsimon bosh og‘rig‘i bosqichlari qanday
Epizodik (Xurujli) shakl (85% holatlarda): Og‘riqli davr (klaster) 2 haftadan 3 oygacha davom etadi. Keyin bir necha oy yoki yillab davom etadigan og‘riqsiz davr (remissiya) keladi.
Surunkali shakl (15% holatlarda): Xurujlar yil davomida to‘xtamaydi yoki remissiya davri 1 oydan kam bo‘ladi. Xuruj bosqichi: Og‘riq 5-10 daqiqa ichida cho‘qqisiga chiqadi va 15 daqiqadan 3 soatgacha davom etadi. Kuniga 1 tadan 8 tagacha xuruj bo‘lishi mumkin.
Yulduzsimon bosh og‘rig‘i qanday davolanadi
Xurujni qoldirish : Inpolyatsiya: 100% li toza kislorod bilan nafas olish (niqob orqali 15-20 daqiqa, samaradorligi juda yuqori). Triptanlar: Sumatriptan (teri osti ineksiyasi yoki burun spreyi). Oddiy og‘riq qoldiruvchi dorilar (analogin, sitramon) yordam bermaydi. Profilaktik davo (Xurujlar davrini to‘xtatish): Verapamil: Kalsiy kanallari blokatori (asosiy dori). Kortikosteroidlar (Prednizolon): Qisqa kurslar bilan xurujlar zanjirini uzish uchun. Litay preparatlari.
Yulduzsimon bosh og‘rig‘i profilaktikasi
Klaster davrida spirtli ichimliklar iste'molini butunlay to‘xtatish (hatto minimal doza ham xurujni qo‘zg‘atadi).
Tamaki chekishni tashlash yoki kamaytirish. Uyqu rejimiga qat'iy rioya qilish (uyqu buzilishi gipotalamusni qo‘zg‘atadi).
Issiq vannalar va keskin harorat o‘zgarishlaridan qochish.