Bachadondan patologik (anomal) qon ketishi — bu normal hayz parametrlariga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday bachadon qon ketishidir. Bunga o‘ta ko‘p qon kelishi (menorragiya), hayzlar oralig‘idagi qon ketishlar (metorragiya), o‘ta uzoq davom etgan qon ajralmalari (8 kundan ortiq) yoki klimaks (menopauza) davridagi qon ketishlar kiradi.
5 shifokorlar
5 klinikalar
Doktorlar, davolaydigan BACHADONDAN ANOMAL QON KETISHI
Bachadondan patologik (anomal) qon ketishi — bu normal hayz parametrlariga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday bachadon qon ketishidir. Bunga o‘ta ko‘p qon kelishi (menorragiya), hayzlar oralig‘idagi qon ketishlar (metorragiya), o‘ta uzoq davom etgan qon ajralmalari (8 kundan ortiq) yoki klimaks (menopauza) davridagi qon ketishlar kiradi.
Bachadondan patologik (anomal) qon ketishi qanday diagnostika qilinadi
Shoshilinch tekshiruv: gemoglobin darajasini, gematokritni va qon ivish ko‘rsatkichlarini (koagulogramma) aniqlash. Kichik tos a’zolari UTT (UZI): mioma, polip yoki endometriyning anomal qalinlashganini darhol aniqlash imkonini beradi. XGCh (XG) tahlili: kuchli qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan bola tushishi (vikidish) yoki bachadondan tashqari homiladorlikni inkor etish uchun. Gisteroskopiya: bachadon ichki bo‘shlig‘ini maxsus mikrokamera bilan ko‘rish. Bu diagnostikaning "oltin standarti" hisoblanadi, chunki u orqali muammoni ko‘rib, shu vaqtning o‘zida biopsiya olish yoki polipni olib tashlash mumkin.
Gormonal tahlillar: qalqonsimon bez va jinsiy gormonlar holatini tekshirish (o‘tkir qon ketish to‘xtatilgandan keyin amalga oshiriladi).
Bachadondan patologik (anomal) qon ketishining simptomlari qanday
Kuchli qon ketishi: har soatda yoki har ikki soatda gigiyenik prokladkalarni almashtirish zarurati (ayniqsa tunda).Ajralmalar tarkibida katta qon quyqalari (laxtalar) bo‘lishi (o‘lchami 2 sm dan katta). Qon ketishining ketma-ket 7–8 kundan ortiq davom etishi. Hayz siklining o‘rtasida, kutilmaganda qonli ajralmalar paydo bo‘lishi. Menopauza (klimaks) davriga o‘tgan ayollarda har qanday, hatto o‘ta kam miqdordagi qon ajralishining kuzatilishi. O‘tkir qon yo‘qotish belgilari: terining oqarishi, bosh aylanishi, keskin holsizlik, yurak urishining tezlashishi, hushdan ketish.
Bachadondan patologik (anomal) qon ketishining sabablari qanday
Sabablar ikkita asosiy guruhga bo‘linadi:
Organik o‘zgarishlar (PALM — UTT/UZI da ko‘rish mumkin bo‘lganlar): Polyp — bachadon ichki qavati (endometriy) yoki bo‘yni poliplari. Adenomyosis — adenomioz (bachadonning ichki endometrioz kasalligi). Leiomyoma — bachadon miomasi (leyomiomasi). Malignancy — xavfli o‘smalar (saraton) yoki endometriy giperplaziyasi (qalinlashishi). Funksional sabablar (COEIN — tizimli yoki gormonal buzilishlar): Coagulopathy — qon ivish tizimidagi muammolar (trombotsitopeniya va h.k.).
Ovulatory dysfunction — ovulyatsiyaning buzilishi, tuxumdonlar polikistozi, gormonal sakrashlar. Endometrial — endometriy to‘qimalarining mahalliy yallig‘lanishi yoki nuqsonlari.
Iatrogenic — tibbiy aralashuv sababli (gormonlarni noto‘g‘ri ichish, spirallarning salbiy ta’siri). Not yet classified — hali to‘liq tasniflanmagan yoki kam uchraydigan sabablar.
Bachadondan patologik (anomal) qon ketishining asoratlari qanday
Og‘ir darajali anemiya: gemoglobinning o‘ta kritik darajada tushib ketishi, buni tiklash uchun bemorga donor qonini quyish (gemotransfuziya) talab etilishi mumkin. Gemorragik shok: qonning keskin va ko‘p yo‘qotilishi oqibatida arterial qon bosimining hayot uchun xavfli darajada pasayib ketishi.
Endometriy saratoni rivojlanishi (agar qon ketishiga sabab vaqtida davolanmagan va e’tiborsiz qoldirilgan endometriy giperplaziyasi bo‘lsa). Bachadonni shoshilinch olib tashlash (gisteredektomiya) — agar kuchli qon ketishini boshqa hech qanday usul bilan to‘xtatishning iloji bo‘lmaganda qo‘llaniladigan choradir.
Bachadondan patologik (anomal) qon ketishi bosqichlari qanday
Kechish xarakteriga ko‘ra ikkita asosiy shakli farqlanadi: O‘tkir patologik qon ketish: hayot uchun xavfli bo‘lgan, organizmdan ko‘p miqdorda qon chiqib ketishini to‘xtatish uchun zudlik bilan shifokor yordami talab etiladigan holat. Surunkali patologik qon ketish: oxirgi 6 oyning aksariyat qismida muntazam ravishda takrorlanib kelayotgan qon ketishlar. U ma’lum bir vaqtda kamroq bo‘lishi mumkin, ammo uzoq muddatda organizmni holdan toydiradi.
Bachadondan patologik (anomal) qon ketishi qanday davolanadi
Davolash ikki bosqichdan iborat: qonni to‘xtatish (gemostaz) va qaytalanishining oldini olish. Jarrohlik yo‘li bilan qonni to‘xtatish: Bachadon bo‘shlig‘ini qirish (kyuretaj): o‘zgargan endometriy qavatini mexanik tozalash. Bu xavfli qon ketishni to‘xtatishning eng tezkor usuli hisoblanadi (ko‘pincha yoshi katta ayollarda qo‘llaniladi). Gisterorezektoskopiya: kamera ostida aniq ko‘rib, qonashga sabab bo‘lgan polip yoki miomani kesib olish. Dori-darmonlar bilan qonni to‘xtatish: Qonni to‘xtatuvchi maxsus dori-darmonlar (traneksam kislotasi va boshqalar).
Gormonal gemostaz (KOK tabletkalarini yoki gestagenlarni yuqori dozada ichirish) — agar o‘smaga shubha bo‘lmasa, ko‘pincha yosh va hali tug‘magan qizlarda qo‘llaniladi. Keyingi bosqich: Kamqonlikni davolash (temir preparatlari), qayta qon ketishining oldini olish uchun gormonal muvozanatni tiklash ("Mirena" gormonal spiralini qo‘yish yoki progesteron dori vositalarini ichish).
Bachadondan patologik (anomal) qon ketishi profilaktikasi
achadondan anomal qon ketishining oldini olish uchun muntazam ginekologik ko‘rikdan o‘tish, hayz sikli buzilishlarini erta aniqlash va davolash muhimdir. Gormonal buzilishlar, bachadon miomasi, endometriy poliplari, endometrioz va yallig‘lanish kasalliklarini o‘z vaqtida davolash zarur. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, me'yoriy tana vaznini saqlash, stressni kamaytirish, homiladorlikni to‘g‘ri rejalashtirish va ishonchli kontratsepsiya usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, shifokor tavsiyasisiz gormonal preparatlarni qabul qilmaslik hamda ko‘p yoki uzoq davom etuvchi qon ketish kuzatilganda darhol ginekologga murojaat qilish lozim.