Gidrosefaliya — likvor tizimidagi disbalans tufayli bosh miya ichki bosimining oshishi va miya qorinchalarining kengayishidir. Kasallik tug‘ma (chaqaloqlarda) yoki hayot davomida orttirilgan (kattalarda) bo‘lishi mumkin.
Gidrosefaliya — likvor tizimidagi disbalans tufayli bosh miya ichki bosimining oshishi va miya qorinchalarining kengayishidir. Kasallik tug‘ma (chaqaloqlarda) yoki hayot davomida orttirilgan (kattalarda) bo‘lishi mumkin.
Gidrosefaliya qanday diagnostika qilinadi
Neyrosonografiya (NSG): Chaqaloqlarda likildoq yopilguniga qadar miya qorinchalarini ultratovush (UZI) orqali tekshirish.
Bosh miya MRTi yoki KTI: Tashxis qo‘yishning eng aniq usuli. Miya qorinchalarining o‘lchami va okkluziya (to‘siq) joyi aniqlanadi.
Oftalmolog ko‘rigi (Ko‘z tubini tekshirish): Ichki bosim oshishi natijasida ko‘ruv nervi diskining shishganligini aniqlash uchun.
Gidrosefaliyaning simptomlari qanday
Chaqaloqlarda (Gidrosefaliya belgilari yaqqol ko‘rinadi):
Bosh hajmining tez va me'yordan ortiq kattalashishi.
Likildoqning (rodnichok) bo‘rtib chiqishi va taranglashishi.
Bosh terisidagi venalarning bo‘rtib ko‘rinishi. "Botib borayotgan quyosh" belgisi: Ko‘z olmalarining pastga qarab qolishi (ko‘z oqi yuqoridan ko‘rinib turadi).tinmay yig‘lash, qusish va uyquchanlik. Kattalarda (Bosh suyagi qotganligi sababli bosh hajmi kattalashmaydi): Ertalabki kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qusish (ichki bosim oshishi hisobiga).
Ko‘rish qobiliyatining pasayishi, ko‘z oldi xiralashishi yoki ikkita ko‘rinishi (diplopiya). Yurish va muvozanatning buzilishi (ataksiya). Xotira pasayishi, fikrlashning sekinlashishi, siydik tutolmaslik (Xakim-Adams triadasi).
Gidrosefaliyaning sabablari qanday
Tug‘ma gidrosefaliya: Homiladorlik davrida onaning infeksiyalar (torch-infeksiyalar: sitomegalovirus, toksoplazmoz, qizilcha), miya rivojlanishidagi nuqsonlar (masalan, Silviy suv yo‘lining torayishi) yoki tug‘ruq travmalari sabab bo‘ladi. Orttirilgan gidrosefaliya: Bosh miya jarohatlari, o‘smalar, o‘tkazilgan infeksiyalar (meningit, ensefalit) va insultdan keyingi qon quyilishlar natijasida likvor aylanish yo‘llarining bitib qolishi.
Gidrosefaliyaning asoratlari qanday
Aqliy va jismoniy rivojlanishdan ortda qolish (bolalarda): Miya po‘stlog‘ining yupqalashishi natijasida bolaning nutqi, xotirasi, diqqati va fikrlashi tengdoshlariga nisbatan sezilarli darajada orqada qoladi. Ko‘rlik (Ko‘ruv nervi atrofiyasi): Kalla suyagi ichidagi yuqori bosim ko‘ruv nervlarini doimiy ravishda siqib turadi. Bu nerv tolalari nobud bo‘lishiga va qaytarib bo‘lmas ko‘rlikka olib kelishi mumkin.Epilepsiya (Tutqanoq xurujlari): Miya to‘qimasining surunkali siqilishi va undagi chandiqli o‘zgarishlar miyada noto‘g‘ri elektr impulslari hosil bo‘lishiga va tutqanoqlarga sabab bo‘ladi. Harakat buzilishlari va falajlik (Parez va paraliçlar): Mushaklar tonusining oshishi, muvozanatni yo‘qotish, qo‘l va oyoqlarning yaxshi ishlamay qolishi (spastik paraparez). Shunt bilan bog‘liq asoratlar (Operatsiyadan keyingi): Shunt infeksiyasi: Qo‘yilgan naychaga mikrob tushishi natijasida meningit yoki peritonit rivojlanishi.
Shunt disfunksiyasi: Naychaning bitib qolishi yoki siljib ketishi oqibatida gidrosefaliya belgilarining qaytadan avj olishi.
Koma va o‘lim: O‘tkir okkluzion (yopiq) gidrosefaliyada likvor yo‘llari to‘satdan blokka tushib qolsa, miya poyasi siqiladi (dislokatsiya) va bu nafas hamda yurak to‘xtashiga olib keladi.
Gidrosefaliya bosqichlari qanday
1-bosqich. Likvor (orqa miya suyuqligi) aylanishi yoki so‘rilishi buziladi. 2-bosqich. Likvor bosh miya qorinchalarida to‘planib, qorinchalar kengayadi. 3-bosqich. Bosh ichki bosimi oshadi va miya to‘qimalari siqila boshlaydi. 4-bosqich. Nevrologik belgilar (bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, ko‘rish va harakat buzilishlari) rivojlanadi. 5-bosqich. Davolanmasa, og‘ir nevrologik asoratlar va miya faoliyatining buzilishi yuzaga keladi.
Gidrosefaliya qanday davolanadi
Shuntlash amaliyoti (Vip-shunt): Eng ko‘p qo‘llaniladigan operatsiya. Bosh miya qorinchasiga maxsus klapanli silikon naycha (shunt) qo‘yiladi va u teri ostidan o‘tkazilib, ortiqcha suyuqlik qorin bo‘shlig‘iga oqiziladi (u yerda suyuqlik osongina so‘rilib ketadi). Endoskopik operatsiyalar (ETV): Zamonaviy usul bo‘lib, miya ichiga endoskop kiritiladi va suyuqlik oqishi uchun yangi tabiiy yo‘l ochiladi (bunda yot jism — shunt qo‘yilmaydi).
Konservativ davo: Vaqtinchalik bosimni tushirish uchun siydik haydovchi dorilar (Diakarb) qo‘llaniladi
Gidrosefaliya profilaktikasi
Homiladorlikni to‘g‘ri rejalashtirish, infeksiyalarga qarshi emlanish va ularni vaqtida davolash, tug‘ruqdan keyin chaqaloq boshi hajmini muntazam o‘lchab borish, kattalarda esa bosh jarohatlaridan saqlanish.