G'ulomova Kunduzoy Toirjonovna — qabul qilish narxi va sharhlar
Gastroenterolog
2 toifali shifokor
7 ta izoh
G'ulomova Kunduzoy Toirjonovna
Mutaxassisligi: Gastroenterolog
Klinika: Yangi ToshMI
G'ulomova Kunduzoy Toirjonovna oshqozon, ichak, jigar va o't pufagi kasalliklari bo'yicha bemorlarga maslahat beradi.
Odamlar oshqozoni bezovta qilsa, ko'pincha darrov shifokorga borishmaydi. Avval ovqatlanishini o'zgartiradi yoki oldin ichib yurgan dorisini qabul qiladi. Lekin jig'ildon qaynashi qaytalansa, ovqatdan keyin og'irlik, ko'ngil aynishi yoki qorin dam bo'lishi davom etsa, sababini tekshirtirish kerak.
Ich kelishi bilan bog'liq muammolar ham ko'p uchraydi. Ba'zida odam bir necha kun ichiga chiqa olmaydi, keyin esa ich ketishi boshlanadi. Qorin og'rishi yoki doim dam bo'lib yurishi ham mumkin. Bunday belgilar turli ichak kasalliklarida uchraydi. Shuning uchun tashxisni bilmasdan turib dori ichish har doim ham yordam bermaydi.
Gastroenterolog qabuliga gastroskopiya, kolonoskopiya yoki UTT natijalari bilan kelish mumkin. Masalan, oshqozonda gastrit yoki yara aniqlangan, ichakda yallig'lanish topilgan yoxud jigarda yog'lanish borligi aytilgan bo'lsa. Oldingi tekshiruvlar asosida yana qanday tahlillar kerakligi ko'rib chiqiladi.
Agar anchadan beri davolanayotgan bo'lsangiz, qaysi dorilarni ichganingizni va ular yordam bergan-bermaganini aytgan ma'qul. Bu bir xil davolashni qayta-qayta takrorlamaslik uchun muhim.
Qanday kasalliklar va shikoyatlar bilan murojaat qilish mumkin
Gastrit
Gastroezofageal reflyuks kasalligi
Ezofagit
Oshqozon yarasi
O'n ikki barmoq ichak yarasi
Helicobacter pylori infeksiyasi
Duodenit
Funksional dispepsiya
Tez-tez jig'ildon qaynashi
Oshqozon og'rig'i
Ovqatdan keyingi og'irlik
Qorin dam bo'lishi
Ta'sirlangan ichak sindromi
Surunkali qabziyat
Uzoq davom etadigan ich ketishi
Kolit
Jigarning yog'lanishi
O't pufagi kasalliklari
Surunkali pankreatit
Ovqat hazm qilishning buzilishi
Manzil: Toshkent shahri, Farobiy ko'chasi, 2-uy, Yangi ToshMI klinikasi.
Narxi:
200 000 so‘m
Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band
Izohlar
Shifokor reytingi:
5.0
Reytinglar soni:
7
Замира
20.08.2026
Лола
07.04.2026
Анна
17.07.2026
Бахтиёр
31.03.2026
Бекзод
06.08.2026
Юлдуз
29.04.2026
Temur
30.04.2026