Gotsadze Ilya Davidovich
23 yillik tajriba

Gotsadze Ilya Davidovich — qabul qilish narxi va sharhlar

Onkolog

Onkolog Jarroh

Xirurg

Tibbiyot fanlari doktori (DSc)

0.0

0 ta izoh

Запись по телефону +998 (99) 886-39-93

Gotsadze Ilya Davidovich

Mutaxassisligi: Onkojarroh, onkolog, jarroh

Malakasi: Tibbiyot fanlari doktori, Gruziya tibbiyot akademiyasi akademigi

 

Klinika: Medion Family Hospital

Gotsadze Ilya Davidovich — saraton kasalliklarida murakkab operatsiyalar o'tkazish bo'yicha katta tajribaga ega onkojarroh. Toshkentdagi Medion Family Hospital klinikasida katta yoshdagi bemorlarni qabul qiladi.

Ilya Davidovich Moskvadagi N. N. Bloxin nomidagi onkologiya markazida tahsil olgan va taniqli jarroh Mixail Davidov rahbarligida ishlagan. Keyinchalik Germaniya, AQSH, Portugaliya va boshqa davlatlarning onkologiya klinikalarida malaka oshirgan.

Shifokorning asosiy ish yo'nalishlaridan biri oshqozon, qizilo'ngach, yo'g'on va to'g'ri ichak, jigar hamda oshqozon osti bezi saratonini jarrohlik yo'li bilan davolashdir. Shuningdek, o'pka, buyrak va qorin parda ortidagi o'smalar bo'yicha ham operatsiyalar o'tkazadi.

Ilya Davidovichga murakkab onkologik tashxis qo'yilgan bemorlar ham murojaat qilishadi. Masalan, o'sma yirik qon tomirlarga yaqin joylashgan yoki bir nechta a'zoga tarqalgan bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatda operatsiya qilish mumkinmi, avval qo'shimcha davolash kerakmi — bular tekshiruv natijalariga qarab hal qilinadi.

Shifokor ochiq va laparoskopik operatsiyalarni bajaradi. Laparoskopik usulda ayrim o'smalar kichik kesmalar orqali olib tashlanadi. Ammo har bir kasallikda ham bu usulni qo'llab bo'lmaydi.

Ilya Davidovich sut bezi, qalqonsimon bez, bosh va bo'yin sohasidagi o'smalar bilan ham ishlaydi. Shifokorlik faoliyati bilan birga yosh jarrohlarga dars beradi va jarrohlik bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazadi.

Qabulga kelganda oldingi tekshiruvlarning hammasini olib kelgan ma'qul. Ayniqsa, biopsiya va gistologiya javoblari, KT yoki MRT tasvirlari, onkolog xulosasi va oldin operatsiya o'tkazilgan bo'lsa, shifoxonadan berilgan hujjatlar kerak bo'ladi.

Qanday kasalliklar va muammolar bilan murojaat qilish mumkin

Oshqozon saratoni

Qizilo'ngach saratoni

Yo'g'on ichak saratoni

To'g'ri ichak saratoni

Ingichka ichak o'smalari

Jigar saratoni

Oshqozon osti bezi o'smalari

O'pka saratoni

Ko'ks oralig'i o'smalari

Buyrak saratoni

Qorin parda ortidagi o'smalar

Sut bezi saratoni

Sut bezi fibroadenomasi

Qalqonsimon bez saratoni

Qalqonsimon bez tugunlari

So'lak bezlari o'smalari

Bosh va bo'yin sohasidagi o'smalar

Bachadon va tuxumdon o'smalari

Murakkab va atrofdagi to'qimalarga tarqalgan o'smalar

Onkologik operatsiya bo'yicha takroriy maslahat

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Istirohat ko'chasi, 258-uy, Medion Family Hospital klinikasi.

Shifokor haqida ko‘proq
Ijtimoiy tarmoqlar :

Narxi:

500 000 so‘m

Medion Family Hospital
Medion Family Hospital
Oʻzbekiston, Toshkent sh., Manzil: Istirohat ko‘chasi, 258.
clock

Bu shifokorning onlayn jadvali yo'q yoki yaqin kunlarda hamma narsa band

Izohlar

information

Shifokor reytingi:

Average rating

0.0

Reytinglar soni:

Number of ratings

0